Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Sterling "Feyenoord" safida debyut qilgan

Sterling "Feyenoord" safida debyut qilgan

Baho:
+ | -

Yarimhimoyachi Rahim Sterling "Feyenoord" safida debyut qildi va zaxiradan maydonga tushib, 2025 yilning may oyidan buyon ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazdi, deb yozadi BBC.

O‘tgan haftada "Chelsi" bilan shartnomasi o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilinganidan keyin Niderlandiya jamoasiga o‘tgan 31 yoshli ingliz "Telstar"ga qarshi o‘yinning 61-daqiqasida maydonga tushdi. Bu vaqtda "Feyenoord" 2:1 hisobida oldinda borayotgandi, o‘yin shu hisobda yakunlandi.

Sterling bundan avval 2024/25 yilgi mavsumda "Arsenal" safida Angliya chempionatining so‘nggi kunida ijara asosida maydonga tushgandi.

"Anchadan beri o‘ynamaganman, lekin formamni ushlab turishga harakat qilardim. Men qadam-baqadam yurib, optimal formani yig‘ishga harakat qilyapman", - dedi futbolchi ESPN nashriga.

Kiritildi: 16:35, 23.02.2026.
O'qildi: 754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик