Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Diyor Imomxo‘jayev Proligada jamoalar soni keskin oshganiga izoh berdi

Diyor Imomxo‘jayev Proligada jamoalar soni keskin oshganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Proligasining 2026-yilgi mavsumida ishtirok etuvchi jamoalar soni 14 taga yetkazildi. Ushbu o‘zgarish yuzasidan O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston milliy axborot agentligiga bergan intervyusida batafsil tushuntirish berdi.

PFL rahbari jamoalar sonining ortishi sun’iy emas, balki qat’iy talablar asosida amalga oshirilganini qayd etdi.

“Agar talab yengillashtirilib, tayyor bo‘lmagan klub ishtirokiga ruxsat berganimizda, o‘tgan yiliyoq bu ishni qilgan bo‘lar edik. 2025-yilgi mavsumni 6 ta jamoa bilan o‘tkazganimizning sababi ham shu. O‘tgan mavsum hatto 5 ta jamoa bilan ham o‘tkazishga tayyor edik. Talab muqaddas bo‘lishi kerak — u futbolning konstitusiyasi”.

Liga rahbari yangi qo‘shilgan jamoalar, xususan, “Kattaqo‘rg‘on” va “G‘azalkent” klublari infratuzilma borasida Superliga darajasiga chiqqani uchun ham ligaga qabul qilinganini qo‘shimcha qildi.

Yangi mavsumda Proliganing asosiy yangiliklaridan biri — ko‘plab oliy ta’lim muassasalari jamoalarining ishtirokidir. Imomxo‘jayevning qayd etishicha, universitetlarda moliyaviy barqarorlik va sport klublari mavjud bo‘lsa-da, infratuzilma asosiy muammo bo‘lib qolmoqda.

“Universitet jamoalari orasida 'FarDU' va 'Lochin' o‘z infratuzilmasini shakllantirdi. Qolganlariga vaqt beriladi, unga qadar esa majburiy ravishda boshqa maydonlardan foydalanishadi. Masalan, Buxoro davlat universiteti jamoasi 'Buxoro‘ klubi Superliga uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadiondan almashib foydalanadi. Xuddi Italiyadagi 'Milan' va 'Inter' singari”, deya tushuntirdi O‘zPFL direktori.

Imomxo‘jayev PFL hech qachon songa uchib, sifatni o‘ldirmasligini va joriy yilgi Proliga musobaqa tarixidagi eng yaxshi mavsumlardan biri bo‘lishini aytib o‘tdi:
“Agar o‘tgan mavsumda tayyor bo‘lmagan Birinchi liga jamoalariga ruxsat berganimizda, bugun yangi klublarga bunday qat’iy talab qo‘ya olmas edik. Sabr, matonat va iroda shunday vaqtda ko‘rinadi. Prinsiplarimizda oxirigacha turamiz, tanqidlarga ham tayyormiz”.

​Ma’lumot uchun, 2025-yil O‘zbekiston Superligasi 16 jamoa ishtirokida ikki davrali shaklda, Proliga esa 6 ta jamoa bilan to‘rt davrali tizimda o‘tkazilgan edi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 16:47, 25.02.2026.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.