Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Potter: «Tanqidlar Dyokereshga foyda keltirdi»

Potter: «Tanqidlar Dyokereshga foyda keltirdi»

Baho:
+ | -

Shvesiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh o‘z sha’niga aytilgan tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan deb hisoblaydi.

«To‘pchilar» o‘tgan yilning yozida forvardni Lissabonning «Sporting» klubidan sotib olgan edi. Shved futbolchisi gol urish borasidagi ko‘rsatkichlari yuqori emasligi uchun tez-tez tanqid qilindi, jamoa ustozi Mikel Arteta esa vaqti-vaqti bilan uning o‘rniga boshqa futbolchilarni afzal ko‘rdi.

«Tanqidlar Viktorga foyda berdi. Menimcha, bu uning xarakteri naqadar kuchli ekanligini anglatadi. Shaxsan men Dyokereshga zarracha shubha qilmayman — u yuqori toifadagi o‘yinchi va ajoyib inson. U «Arsenal»ning to‘rttala turnirdagi muvaffaqiyatiga o‘z hissasini qo‘shdi deb hisoblayman. Har qanday futbolchi ba’zan tanqidlarga duch kelishi tabiiy — bu kasbning bir qismidir», — deya Potterning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Arsenal News Channel».

Viktor Dyokeresh joriy mavsumda «Arsenal» safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:15, 26.02.2026.
O'qildi: 418 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик