Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"Barsa" prezidentligiga nomzod Font: "Laporta parallel borliqda yashamoqda"

"Barsa" prezidentligiga nomzod Font: "Laporta parallel borliqda yashamoqda"

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Font Joan Laportani saylovlarda masofadan turib ovoz berish imkoniyati yo‘qligi uchun tanqid qildi.

"Ming yillab klub a’zolari ovoz bera olmasliklaridan shikoyat qilishmoqda va biz nima uchun pochta orqali yoki onlayn ovoz berishga ruxsat berilmaganini tushunmayapmiz. Vaholanki, 2021 yilgi Ispaniyadagi referendumda bunga yo‘l qo‘yilgan edi, qolaversa, yig‘ilishlar allaqachon shu tarzda o‘tkazilmoqda. Laporta "Barsa"ning bu borada "Real"ga o‘xshashini istamoqda: saylovlarni mavsum o‘rtasida o‘tkazib, ularni sir saqlashga urinmoqda hamda pochta va onlayn orqali ovoz berish imkoniyati yo‘qligi sabablarini tushuntirmayapti. U "Madrid" modelini — saylovlarsiz va ishtiroksiz tizimni afzal ko‘rmoqda.

Laporta parallel borliqda yashamoqda va men ovoz berish huquqiga ega klub a’zolarini, kela olmaydiganlar nomidan ovoz berishga chaqiraman, toki "Barsa" qo‘limizdan chiqib ketmasin. Sobiq prezident quruq va’dalar berish va hech qachon bo‘lmagan "barbekyu" tarqatishdan, endi dudlangan go‘sht (vetchina) kesish va makaron tayyorlashga o‘tdi, lekin birorta taklif kiritmadi va debatlarni bekor qildi. Agar u o‘shanda va’dalarini bajarmagan bo‘lsa, hozir ham shunday bo‘ladi.

Elektron pochta va onlayn orqali ovoz berish ishtirokchilar sonini imkon qadar kamaytirish uchun istisno qilingan. Biz buni o‘zimizga foyda bo‘lishi uchun emas, balki "Barsa" manfaatlari yo‘lida so‘rayapmiz. Shikoyat qilishimiz kerakmi? Biz bunday jarayonlarni boshlamasligimiz lozim, ammo bilamizki, sosyoslarning norozi ko‘pchiligi hamma narsa boshqacha bo‘lishini xohlaydi", — dedi Font.

Kiritildi: 15:27, 26.02.2026.
O'qildi: 646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик