Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

La Liga. «Atletiko» so‘nggi soniyalarda gol urib, «Ovyedo» maydonida g‘alaba qozondi (Videosharh)

La Liga. «Atletiko» so‘nggi soniyalarda gol urib, «Ovyedo» maydonida g‘alaba qozondi (Videosharh)

Baho:
+ | -

«Atletiko» Ispaniya chempionatining 26-turi doirasidagi safar o‘yinida «Ovyedo» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yagona gol 90+4-daqiqada argentinalik hujumchi Xulian Alvares tomonidan kiritildi. Shu bilan birga, «Atletiko» butun o‘yin davomida raqib darvozasi sohasiga faqatgina bitta zarba yo‘lladi va aynan shu zarba golga aylandi.

«Ovyedo» (26 o‘yindan keyin 17 ochko) Ispaniya chempionati turnir jadvalida so‘nggi, 20-o‘rinda bormoqda. «Atletiko» esa 51 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rindan uchinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

La Liga. 26-tur
01.03.2026 | 01:00
«Nuevo Karlos Tartyere», Ovyedo

«OVYEDO» — «ATLETIKO» — 0:1
Gol: Xulian Alvares 90+4 (0:1).

«Ovyedo»: Eskandel, Kalvo, Karmu, Lopes, Vidal (Axyado, 80), Sibo, Fonseka (Kolombatto, 65), Reyna (Kasorla, 80), Shayra (Ilich, 72), Xassan (Fernandes, 72), Vinyas.

«Atletiko»: Oblak, Ximenes, Le Norman, Dias, Molina, Mendosa (Koke, 61), Kardozo (Grizmann, 61), Baena, Almada (Lyorente, 72), Serlot (Simeone, 61), Lukman (Alvares, 46).

Ogohlantirishlar: Vidal (42), Lopes (71) — Le Norman (45), Molina (71).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:36, 01.03.2026.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик