Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

IFAB “toza o‘yin vaqti”ni oshirishga qaratilgan yangi qoidalarni tasdiqladi

IFAB “toza o‘yin vaqti”ni oshirishga qaratilgan yangi qoidalarni tasdiqladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha, 28 fevral sanasida, Uelsda bo‘lib o‘tgan Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashining (IFAB) 140 yillik yig‘ilishida tashkilot tomonidan ilgari surib kelinayotgan “toza o‘yin vaqti”ni oshirishga qaratilgan qoidalar majmui tasdiqlandi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari oliy divizioni – Major League Soccer (MLS) tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan qoidalar futbol uchrashuvi vaqtida o‘yin vaqtini cho‘zish va tempini buzishga qaratilgan xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan. Liga vakillari 2025 yilda MLSning Nyu-Yorkdagi bosh ofisiga tashrifida ushbu qoidalar bilan tanishtirilgan va shu yilning noyabrida Jahon ligalari assosiasiyasining Afinada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida IFAB Texnik direktori – Devid Elleri bilan uchrashib, qoidalarni O‘zbekiston Superligasida tatbiq etishga ruxsat etilishi masalasi bo‘yicha fikr almashilgandi. Keyinchalik, Liga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ko‘magida janob Elleri bilan muloqotda bo‘lib turdi va 2026 yilning 26 yanvarida IFAB Texnik direktori Toshkentga tashrif buyurib, o‘zbek futbol jamoatchiligi vakillariga amalga keng tatbiq etilishi kutilayotgan o‘zgartirishlar xususida seminar o‘tib bergandi.

Kengash tomonidan tasdiqlangan qoidalar majmui quyidagilardan iborat:

To‘pni yon chiziqdan va darvoza oldidan o‘yinga kiritish

Darvozabonlarning to‘pni 8 soniyada o‘yinga qaytarishi borasidagi qoida futbol jamoatchiligida yaxshi qabul qilinganidan so‘ng, shunga o‘xshash amaliyotni to‘pni yon chiziqdan va darvoza oldidan o‘yinga kiritish jarayoniga ham tatbiq etish muhokama qilinib, ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullandi.

Hakam to‘pni yon chiziqdan o‘yinga kiritish ataylab kechiktirilayotgani haqidagi qarorga kelsa, 5 soniyalik vizual sanoqni boshlaydi va bu vaqtda to‘p o‘yinga qaytarilmagan taqdirda, yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritish huquqi raqib jamoaga olib beriladi. Shuningdek, to‘pni darvoza oldidan o‘yinga kiritish oshkora kechiktirilayotgan hollarda hakam 5 soniyalik sanoqni boshlaydi va bu vaqtda to‘p o‘yinga kiritilmasa, raqib foydasiga burchak zarbasi belgilanadi.

O‘zgarishlardagi vaqt chegarasi

Maydondagi futbolchini zaxiraga olishda 10 soniyalik vaqt limiti joriy etiladi. Futbolchi zaxira almashtirish tablosi yoki hakam ishorasidan so‘ng, 10 soniya ichida maydonni uning istalgan burchagidan tark etmasa, zaxiradan maydonga tushayotgan futbolchi 1 daqiqa maydon chetida turadi va shu vaqtdan keyingi dastlabki to‘xtalishda maydonga tushishiga ruxsat etiladi.

Futbolchining jarohatini maydon tashqarisida tekshirish yoki davolash

Maydonda tibbiy yordam olgan futbolchi uni tark etadi va 1 daqiqa davomida o‘yinga qaytishiga ruxsat berilmaydi.

VAR Protokolidagi o‘zgarishlar

Shuningdek, yig‘ilish uch holatda bosh hakamga VAR tomonidan ko‘maklashilishini tasdiqladi: • yaqqol noto‘g‘ri ko‘rsatilgan ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatilish holatida; • qoida buzgan tarafni noto‘g‘ri talqin qilish holatida; • yaqqol noto‘g‘ri taqdim etilgan burchak zarbasi holatida (mazkur qoida ixtiyoriy bo‘lib, tegishli musobaqaning ushbu vaziyatga tezkor yechim berishi mumkin bo‘lgan texnik imkoniyati mavjud bo‘lishini talab etadi)

Liga mazkur o‘zgarishlarni o‘zida sinab ko‘rilishi bo‘yicha tashabbus bildirgan dastlabkilardan biri hisoblanib, ularni amalga tatbiq etishni mart oyidagi FIFA kunlaridan keyin boshlaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:09, 01.03.2026.
O'qildi: 803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик