Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Arbeloa Mbappening Chempionlar ligasida "Man Siti"ga qarshi o‘yinlarga tayyor bo‘lish-bo‘lmasligi haqida javob berdi

Arbeloa Mbappening Chempionlar ligasida "Man Siti"ga qarshi o‘yinlarga tayyor bo‘lish-bo‘lmasligi haqida javob berdi

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Kilian Mbappening sog‘lig‘i haqida gapirdi va uning Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi bahslargacha tiklanish imkoniyatlarini baholadi.

"Biz unda nima muammo borligini va hozir nima xohlayotganimizni aniq bilamiz: ushbu yoqimsiz hissiyotlar o‘tib ketishini va u to‘liq tiklanishini istaymiz.

Vaziyat qanday rivojlanishini kundan-kunga kuzatib boramiz. Eng muhimi — uning o‘zi o‘zini qanday his qilayotgani. Hozircha hech qanday muddat belgilamasdan, Mbappega o‘z holatini tushunib olishi uchun imkon bergan ma’qul. Shundan kelib chiqib, biz qaror qabul qilamiz. Uning to‘liq tayyor holatda qaytishini xohlaymiz. Kilian o‘zini yaxshi his qilgan zahoti maydonga qaytadi", — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Avvalroq Mbappening chap tizzasidan jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.

"Real" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi birinchi o‘yin 11 mart kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvi esa 17 mart kuni Manchesterda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:18, 01.03.2026.
O'qildi: 1538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик