Sevilya derbisi durang bilan yakunlandi — Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida «Betis» va «Sevilya» jamoalari bir-birlarining darvozalariga ikkitadan to‘p kiritishdi. «Sevilya» tarkibida birinchi golni Aleksis Sanches urdi va shu tariqa chililik faxriy Sevilya derbisining yangi rekordini o‘rnatdi.
Gap shundaki, u 37 yoshu 72 kunligida ushbu prinsipial to‘qnashuvda gol urgan tarixdagi eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Bungacha mazkur natija afsonaviy Xoakin Sanchesga tegishli edi — u 2018 yilda 37 yoshu 43 kunligida gol muallifi bo‘lgandi.
Ispaniya chempionatining keyingi turida «Sevilya» jamoasi «Rayo Valyekano»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs kelasi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.













