Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

«Tottenxem» o‘z iqtidorini «Real»ga sotmaydi

«Tottenxem» o‘z iqtidorini «Real»ga sotmaydi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi o‘z yarim himoyachisi Archi Greyni Madridning «Real» klubiga yoki boshqa jamoalarga qo‘yib yubormoqchi emas. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Tottenxem» Greyni nafaqat kelajakdagi, balki hozirgi vaqtdagi muhim o‘yinchi deb hisoblaydi. Klub uni sotishni rejalashtirmayapti va uni jamoada saqlab qolish uchun zarur choralarni allaqachon ko‘rmoqda. Qayd etilishicha, 19 yoshli xavbekning harakatlarini «Real» va «Bavariya» klublari sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

2024 yilning yozida «shporlar» Greyni «Lids»dan 40 million yevrodan ko‘proq mablag‘ evaziga sotib olgan edi. Futbolchi klub bilan olti yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsumda Grey barcha musobaqalarda jami 27 ta o‘yinda ishtirok etdi, ikkita gol urdi va o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:40, 02.03.2026.
O'qildi: 2032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик