Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

«Aston Villa» Nikolas Jeksonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Aston Villa» Nikolas Jeksonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Birmingemning «Aston Villa» klubi «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan va ayni damda ijara asosida «Bavariya»da to‘p surayotgan senegallik hujumchi Nikolas Jeksonga qiziqish bildirmoqda. Myunxen klubi Jeksonni jamoada qoldirmaslikka qaror qildi va ijara muddatini uzaytirmaydi, deb xabar bermoqda insayder Ekrem Konur o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Mavsum yakunlangach, Jekson «Chelsi»ga qaytadi, biroq London klubi murabbiylar shtabi uni o‘z rejalariga kiritmagan. Shu sababli u yana o‘ziga yangi jamoa izlashiga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda «Aston Villa» hujumchiga shartnoma taklif qilishga va transfer masalasini muhokama qilish uchun londonliklar bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor.

Nikolas Jekson 2023 yilda «Vilyarreal»dan 37 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi, ammo asosiy tarkibda mustahkam o‘rin egallashni uddalay olmadi. Klubdagi faoliyati davomida u 81 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» ma’lumotlariga ko‘ra, Jeksonning hozirgi bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:43, 03.03.2026.
O'qildi: 391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.