Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Kazemiro «Manchester Yunayted»ga o‘z o‘rniga nomzod ko‘rsatdi

Kazemiro «Manchester Yunayted»ga o‘z o‘rniga nomzod ko‘rsatdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro klub rahbariyati bilan uchrashib, o‘z o‘rniga keladigan o‘yinchi masalasini muhokama qildi. AS nashrining xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi «Nyukasl»ning 28 yoshli yarim himoyachisi Bruno Gimarayns nomzodini tavsiya qilgan. Kazemiro o‘z hamyurtini Manchesterda muhim figuraga aylanish uchun barcha sifatlarga ega deb hisoblaydi.

Kazemiro shu yozda «Manchester Yunayted»ni erkin agent maqomida tark etadi, chunki klub bilan yangi kelishuvga erishilmadi. O‘z navbatida, Gimaraynsning «Nyukasl» bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasi mavjud. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, uning transfer qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda Gimarayns «Nyukasl» safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, to‘qqizta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:46, 03.03.2026.
O'qildi: 4040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик