Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

«Manchester Siti» Rodrini sotishga tayyor

«Manchester Siti» Rodrini sotishga tayyor

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Rodri yozda «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Ramon Alvaresning ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» ispaniyalik futbolchining shartnomasi 2027 yilda yakunlanishini inobatga olib, uni yozgi transfer oynasida 50 million yevroga sotishga tayyor. Ushbu xavbekni o‘z safiga qo‘shib olishga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq, Madrid klubi Rodri transferi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishdan oldin, uning Jahon chempionati oldidan jismoniy holatini sinchkovlik bilan baholaydi.

Rodri 2019 yilda 70 million yevro evaziga «Atletiko»dan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifiga aylandi. Transfermarkt portali Rodrining narxini 75 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:07, 04.03.2026.
O'qildi: 2320 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик