Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Mehdi Taremi Eronga qaytmoqchimi? Agent tarqalgan shov-shuvli xabarlarga oydinlik kiritdi

Mehdi Taremi Eronga qaytmoqchimi? Agent tarqalgan shov-shuvli xabarlarga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

"Olimpiakos" hujumchisi Mehdi Taremi Yaqin Sharqdagi mojarolar fonida Eronga qaytishni rejalashtirmayapti.

Italiyaning Tuttosport nashri seshanba kuni Taremi shanba kuni Isroil va Amerika aviazarbalariga uchragan o‘z vataniga yordam berish uchun Eronga qaytish niyatida ekani haqida xabar tarqatgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mehdi Taremi Eronda demokratiya o‘rnatish uchun kurashishga tayyor bo‘lgan.

Hujumchining agenti Federiko Pastorello o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ushbu taxminni rad etdi.

"So‘nggi soatlarda Mehdi Taremiga nisbat berilayotgan, ammo mavjud vaziyatni aks ettirmaydigan bayonotlar tarqalmoqda. Futbolchi bor e’tiborini Afinadagi faoliyatiga va professional karyerasiga qaratgan bo‘lib, o‘z ishiga sodiqlik va qat’iyat ko‘rsatmoqda. Ushbu murakkab davrda kontekstdan yulib olingan talqinlardan yoki noaniq talqinlardan qochish muhimdir. Biz barchaning mas’uliyat hissiga va o‘zaro hurmatga ishonamiz", – deb yozdi Pastorello ijtimoiy tarmoqda.

Kiritildi: 16:35, 04.03.2026.
O'qildi: 1672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик