Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan bahsda «Arsenal» «Brayton» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Braytondagi «Ameks» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida hujumchi Bukayo Saka Yurriyen Timberning uzatmasidan so‘ng yagona golni kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Arsenal» 67 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Brayton» esa 37 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.
Angliya Premyer-ligasi. 29-tur
05.03.2026 | 00:30
«Falmer Stedium», Brayton
«BRAYTON» — «ARSENAL» — 0:1
Gol: Bukayo Saka 9’ (0:1).
«Brayton»: Verbryuggen, van Xekke, Boskali, Ferdi Kadioglu, Viffer (Veltman, 77), Baleba (Ayyari, 78), Gros, Xinshelvud (Uelbek, 69), Mitoma (Minte, 46), Gomes (Xauell, 77), Ryutter.
«Arsenal»: Rayya, Moskera (Kalafyori, 64), Gabriel Magalyayns, InkapYE, Timber, Subimendi (Nergor, 80), Rays, Eze, Martinelli (Trossar, 60), Saka, Dyekeresh (Xavers, 59).
Ogohlantirishlar: Moskera (11), Gomes (52), Boskali (80), Ferdi Kadioglu (82), Ayyari (90).













