Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

"Real" futbolchilarning og‘ir jarohat olishi sabablarini o‘rganmoqda

"Real" futbolchilarning og‘ir jarohat olishi sabablarini o‘rganmoqda

Baho:
+ | -

«Real» so‘nggi yillarda futbolchilarining og‘ir jarohat olishi ortida shunchaki tasodifdan ko‘ra muhimroq sabab bor-yo‘qligini aniqlamoqda.

El Mundo nashrining qayd etishicha, 2023 yilning avgust oyidan boshlab jamoada xochsimon bog‘lamlarning yirtilishi bilan bog‘liq yettita holat qayd etilgan: Tibo Kurtua, Eder Militao (ikki marta), Dani Karvaxal, Xoan Martines, David Alaba va Rodrigo shunday jarohat olishgan.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu jarohatlarning barchasi yo «Santyago Bernabeu» stadionida, yoki klub bazasida yuz bergan. Shu munosabat bilan rahbariyat surishtiruv ishlarini boshladi. «Real» bu yerda biror-bir bog‘liqlik bor-yo‘qligini bilmoqchi.

Shuningdek, ayni paytda tibbiy shtab ishi va futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Kiritildi: 08:12, 05.03.2026.
O'qildi: 792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик