Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dembele «Chelsi» bilan bahs oldidan tiklanib oldi

Dembele «Chelsi» bilan bahs oldidan tiklanib oldi

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele boldir suyagi jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini yakunlamoqda.

L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, forvard shu juma kuni, 6 mart kuni Fransiya chempionati doirasida «Monako»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda maydonga tushishga tayyor. Futbolchi bugungi jamoaviy mashg‘ulotlarda odatiy tartibda ishtirok etdi va maydonga qaytish ishtiyoqi bilan to‘la. «PSJ» tibbiyot xodimlari Dembeleni jamoaga qayta moslashtirish va Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Chelsi»ga qarshi bahslarga tayyorlash uchun uning o‘yin vaqtini bosqichma-bosqich oshirib borishni rejalashtirishmoqda.

Usmon Dembele 2023 yilda «Barselona»dan «PSJ»ga 50 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi parijliklar safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:13, 05.03.2026.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик