Kirish Ro'yxatdan o'tish

Beyl: "Ronaldu APLda ancha yorqinroq o‘yinchi edi"

Beyl: "Ronaldu APLda ancha yorqinroq o‘yinchi edi"

Baho:
+ | -

«Real Madrid»ning sobiq vingeri Garet Beyl madridliklarning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Angliya Premyer-ligasidagi Krishtianu Ronaldu shubhasiz ancha yorqinroq futbolchi va vinger edi. Men «Real»ga kelgan vaqtimda esa u haqiqiy bombardirga aylanib bo‘lgandi. U agar bor e’tiborini faqat gol urishga qaratsa, yakunda ancha ko‘proq e’tirofga sazovor bo‘lishini tushunib yetgandi», — dedi Beyl The Overlap nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2003–2009 va 2021–2022 yillar davomida «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. U «qizil iblislar» safida jami 346 ta o‘yin o‘tkazib, 145 ta gol urgan va 73 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Portugaliyalik yulduz «Real»da 2009 yildan 2018 yilgacha faoliyat yuritgan. U «qaymoqranglilar» libosida 438 ta uchrashuvda maydonga tushib, 450 ta gol va 131 ta assist qayd etgan.

Kiritildi: 16:47, 05.03.2026.
O'qildi: 1081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик