«Real Madrid» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning so‘nggi vaqtlardagi natijalari haqida gapirdi.
«Men mag‘lubiyatlarni izohlashni (bahona qilishni) yoqtirmayman. Bu yerda muvaffaqiyatsizliklarni tushuntirish emas, balki g‘alaba qozonish muhim. Nima uchun yutqazganing haqida gapirishdan ma’no yo‘q. «Real»da faqat keyingi o‘yindagi g‘alaba ahamiyatga ega. Men turli jarayonlar, rivojlanish hech qachon bir tekis bo‘lmasligi, doimo past-balandliklar bo‘lishi haqida gapirishim mumkin... Lekin bu hech narsani o‘zgartirmaydi.
Tushunaman, jamoa hozirgidan yaxshiroq o‘ynay oladi. Tarkibimiz ajoyib ekanini ham bilaman. Ertaga bizni juda og‘ir o‘yin kutmoqda. Tarkibda yo‘qotishlarimiz ko‘p, ammo g‘alaba qozonish uchun yetarlicha futbolchilarimiz borligiga ishonchim komil.
Yaxshiroq o‘ynashimiz, borimizni berishimiz va ko‘proq kurashishimiz kerak. Emblemamizga mos keladigan ambisiyali mentalitetga ega bo‘lishimiz shart. Bu yerdagi oxirgi kunimgacha shu maqsad yo‘lida ishlayman va kurashaman», — dedi Arbeloa.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni, 6 mart kuni «Real» safarda «Selta» mehmoni bo‘ladi.













