Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Manuel Noyer «Borussiya M» bilan o‘yinda jarohat oldi

Manuel Noyer «Borussiya M» bilan o‘yinda jarohat oldi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliga doirasida «Borussiya Myonxengladbax»ga qarshi kechgan o‘yinning tanaffusida darvozabon Manuel Noyerni almashtirishga majbur bo‘ldi.

39 yoshli sardor birinchi bo‘limda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, biroq ikkinchi bo‘limda maydonga tushmadi — uning o‘rnini Yonas Urbig egalladi. Shunga qaramay, «Sky Sport» bergan ma’lumotlarga ko‘ra, faxriy posbonning jarohati unchalik jiddiy emas — almashtirish shunchaki ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilgan.

Tanaffusga qadar «Bavariya» Luis Dias va Konrad Laymerning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Jamal Musiala penaltini aniq amalga oshirib, myunxenliklarning ustunligini yirik hisobga yetkazdi.

Seshanba kuni, 10 martda Vensan Kompani shogirdlari Chempionlar ligasi doirasida «Atalanta»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 02:19, 07.03.2026.
O'qildi: 762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик