Angliyaning «Fulxem» klubi markaziy himoyachisi Samuel Amissa o‘z o‘yini bilan Fransiyaning «Marsel» klubi e’tiborini tortdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
«Marsel» futbolchi uchun kurashda Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. 19 yoshli ingliz futbolchisining «dala hovli egalari» bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yilning iyun oyida nihoyasiga yetadi.
Amissa «Fulxem» yoshlar jamoasining asosiy o‘yinchisi hisoblanadi va joriy mavsumda u yerda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 marta ogohlantirish (sariq kartochka) olgan. Angliyaning turli yoshdagi o‘smirlar terma jamoalarida o‘ynash tajribasiga ega bo‘lishiga qaramay, Amissa hali «Fulxem»ning asosiy tarkibida rasmiy musobaqalarda debyut qilgani yo‘q.













