Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Gasperini «Roma»dagi jiddiy yo‘qotishlar haqida xabar berdi

Gasperini «Roma»dagi jiddiy yo‘qotishlar haqida xabar berdi

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini A Seriyaning 28-turidan o‘rin olgan «Jenoa»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Anjumanda, jumladan, jarohatlangan futbolchilar haqida ham so‘z bordi.

«Dovbik bir necha oyga safdan chiqdi va u jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Agar hammasi yaxshi ketsa, u aprel oxiri yoki may oyi boshida maydonga qaytishi mumkin. Xuddi shunday vaziyat Fergyusonda ham kuzatilmoqda — uning to‘pig‘ida operasiya o‘tkaziladi. Uning uchun hatto mavsum yakunida ham tiklanishga vaqt qolmaydi. Boshqalarga kelsak, holatimiz nazorat ostida. Bizda avvalgidek o‘yin namoyish etish uchun yetarlicha futbolchilar mavjud», — dedi murabbiy klub saytiga bergan intervyusida.

Ayni damda «Roma» 51 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda, «Jenoa» esa 27 ochko bilan turnir jadvalining 15-pog‘onasini egallab turibdi.

Kiritildi: 14:33, 08.03.2026.
O'qildi: 574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик