"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu markaziy himoyachi Alessandro Bastonining jarohati haqida fikr bildirdi.
26 yoshli "neradzurrilar" futbolchisi yakshanba kuni "Milan"ga qarshi o‘yinda jarohat tufayli 68-daqiqada almashtirildi.
"U boldiridan jiddiy zarba qabul qilib oldi, natijada maydonni tark etganida oqsoqlanib qoldi. Yaqin kunlarda uning o‘zini qanday his qilishini ko‘ramiz, ammo bu shunchaki ko‘karish", dedi Kivu.













