Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Ayollar Osiyo kubogi. O‘zbekiston Bangladeshni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Ayollar Osiyo kubogi. O‘zbekiston Bangladeshni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2026 yilgi Osiyo Kubogida uchinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Ushbu bahsdagi yirik hisobda qozonilgan g‘alaba evaziga jamoa o‘z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bunga qadar O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqada 5 marta ishtirok etib, har safar guruh bosqichidayoq o‘z ishtirokini yakunlagan.

“B” guruhidan joy olgan Kotrina Kulbite boshqaruvidagi jamoa 3-turda Bangladeshga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 4:0 hisobida Kotrina Kulbite boshqaruvidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Gollarga 10-daqiqada Diyoraxon Habibullayeva, 62 va 66-daqiqada Dildora Nozimova, 88-daqiqada Nilufar Qudratova mualliflik qildi.

Guruhda, shuningdek, Xitoy 2:1 hisobida Shimoliy Koreyani mag‘lub etdi va guruhda 1-o‘rinni egalladi.

3-tur yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 4 ta gol urib, o‘z darvozasidan 6 ta gol o‘tkazib yuborgan. “A” guruhida 3-o‘rinni egallagan Filippin futbolchilari esa 2 ta gol urgan va 4 ta o‘tkazib yuborgan.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, ikki jamoa o‘rtasidagi ko‘rsatkich solishtirilganda avval ochkolar soni, ular teng kelgan taqdirda to‘plar nisbatiga e’tibor qaratiladi. Bunda urilgan gollar ustunlik taqdim etadi. Shu sabab O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “C” guruhida qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar 1/4 final ishtirokchisiga aylandi. Filippinning taqdiri esa ertaga, 10 mart kuni o‘tkaziladigan “C” guruhi o‘yinlaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

2026 yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi 12 ta terma jamoa 3 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishgan. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan ikki nafar uchinchi o‘rin sohibi chorak finalga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun, turnir 2027 yilda Braziliyada o‘tkaziladigan FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun Osiyo mintaqasidagi yakuniy saralash bosqichi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, bu Jahon chempionati saralashi Osiyo Kubogi bilan bog‘langan so‘nggi musobaqa bo‘ladi — 2031 yildan boshlab FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun alohida saralash turniri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tarixda ilk bor ushbu musobaqa 2028 yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun Osiyo saralashining dastlabki bosqichi sifatida ham xizmat qiladi. Turnirning chorak finaliga chiqqan sakkiz jamoa 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari saralash turniriga yo‘llanma oladi.

Eslatib o‘tamiz, 2029 yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:13, 09.03.2026.
O'qildi: 1532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик