"Liverpul" qanot hujumçisi Viktor Munyos faoliyatini Ispaniyada davom ettirişi mumkin. Bu haqda Diario AS naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Madridning "Real" klubi 23 yoşli futbolçining öyinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biroq "qirollik klubi" hozirça uning transferi böyiça yakuniy qaror qabul qilmagan.
E’tiborlisi, Munyos 2022–2025 yillarda "Real" tizimida faoliyat yuritgan. Bundan avval, 2014–2017 yillarda esa "Barselona" akademiyasida tahsil olgan.
Ispaniyalik vinger joriy yil yozida "Osasuna"dan "Liverpul"ga 40 million yevro evaziga köçib ötgan. U Angliya klubi bilan 2032 yil 30 iyungaça möljallangan şartnoma imzolagan.
Munyos hozirgaça "Liverpul" safida 11 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oşirdi.













