Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Iroq terma jamoasi ustozi: «Iltimos, bizga yordam bering»

Iroq terma jamoasi ustozi: «Iltimos, bizga yordam bering»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold FIFAga murojaat qilib, Iroqqa yordam berishni so‘radi. Qo‘shni Eron va AQSH o‘rtasidagi ziddiyat jamoaning Jahon chempionati saralashidagi ishtirokini xavf ostida qoldirmoqda.

31 mart kuni Meksikada Iroq terma jamoasining Surinam va Boliviya o‘rtasidagi pley-off g‘olibiga qarshi uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak. Ushbu o‘yin natijasi Iroqning 1986 yildan beri ilk bor Jahon chempionatiga chiqish-chiqmasligini hal qiladi.

«Iltimos, ushbu o‘yin borasida bizga yordam bering, chunki hozir biz futbolchilarimizni Iroqdan olib chiqishga qiynalyapmiz.

Mening fikrimcha, agar FIFA o‘yinni qoldirsa, bu bizga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt beradi. Mayli, Boliviya shu oyda Surinam bilan o‘ynasin, biz esa Jahon chempionati boshlanishidan bir hafta oldin AQSHda g‘olib jamoa bilan to‘qnashamiz — bu o‘yin g‘olibi qoladi, mag‘lub esa uyiga yo‘l oladi.

Shuningdek, bu FIFAga Eron nima qilishini hal qilishi uchun ko‘proq vaqt beradi. Agar Eron ishtirok etishdan bosh tortsa, biz Jahon chempionatiga yo‘l olamiz. Bu esa biz saralash turnirida mag‘lub etgan BAA terma jamoasiga yo Boliviya, yoki Surinamga qarshi tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini beradi», — dedi Arnold AAP agentligiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 02:07, 10.03.2026.
O'qildi: 441 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.