Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Antuan Grizmann MLSga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga chek qo‘ydi

Antuan Grizmann MLSga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga chek qo‘ydi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann shu oyda MLSga yo‘l olishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga nuqta qo‘ydi.

Fransiyalik futbolchiga «Orlando Siti» da’vogarlik qilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, Amerika klubi MLSda transfer oynasi ochiqligidan foydalanib, mart oyidayoq o‘yinchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi bo‘lgan. Endilikda 34 yoshli futbolchining o‘zi kamida mavsum yakuniga qadar «matraschilar» safida qolishini tasdiqladi.

«Men bu yerda baxtliman va o‘yindan zavq olyapman. Maqsadim — «Atletiko» bilan Chempionlar ligasi finaliga chiqish va Ispaniya kubogida g‘olib chiqish. Mening orzuim aynan shu», — dedi forvard «Tottenxem» ustidan qozonilgan g‘alabadan (5:2) so‘ng bergan intervyusida.

Antuan Grizmanning Madrid klubi bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:07, 11.03.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик