Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Kongo Respublikasi futbol federasiyasi prezidenti umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Kongo Respublikasi futbol federasiyasi prezidenti umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Baho:
+ | -

Kongo Respublikasi futbol federasiyasi – Fecofoot prezidenti Jan-Gi Blez Mayolas pul yuvish, hujjatlarni qalbakilashtirish, noqonuniy daromad olish va COVID-19 pandemiyasi davrida FIFA mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Africa Top Sports nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, sud uni ayollar futbolini rivojlantirish va mashg‘ulot markazi qurish uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilganlikda aybdor deb topdi.

Avvalroq, Mayolas FIFA tomonidan ajratilgan 1,3 million dollar miqdoridagi mablag‘ni o‘g‘irlashda ayblangan edi. Ushbu summaning deyarli 500 ming dollari mamlakat ayollar terma jamoasi uchun ajratilgan.

Mayolas 2025 yil may oyi oxirida Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Markaziy razvedka va hujjatlashtirish boshqarmasi (CID) xodimlari tomonidan hibsga olingan edi. U bilan birga Fecofoot bosh kotibi Badji Mombo Vantete ham qo‘lga olingan. Har ikki mulozim barcha ayblovlarni rad etib, buni o‘zlariga qarshi uyushtirilgan fitna deb baholagan.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Mayolas shuningdek, soxta hujjatlardan foydalanish hamda federasiya rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan paytda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish kabi jinoyatlarda ham aybdor deb topilgan. Uzoq vaqt davom etgan bu sxema moliyaviy hujjatlarni soxtalashtirish va futbolni quyi bo‘g‘inlarda rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘larni boshqa yo‘nalishga yo‘naltirish orqali amalga oshirilgan.

Mazkur ish doirasida federasiyaning yana bir necha yuqori lavozimli amaldorlari ham javobgarlikka tortildi. Fecofoot’ning bosh kotibi va g‘aznachisi moliyaviy qonunbuzarliklarda ishtirok etgani uchun besh yildan qamoq jazosiga hukm qilingan.

“Mayolasning hibsga olinishi Kongo futbolida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi va federasiyadagi boshqaruv hamda shaffoflik masalalari yuzasidan jiddiy savollarni keltirib chiqardi. Umrbod qamoq jazosi mintaqada futbol amaldoriga nisbatan chiqarilgan eng og‘ir sud hukmlaridan biri sifatida baholanmoqda hamda mamlakatda futbol mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga turtki berishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Fecofoot Kongo Respublikasining asosiy futbol tashkiloti hisoblanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ehtimoliy raqibi – Kondo Demokratik Respublikasining futbol assosiasiyasi esa Fecofa deb ataladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:44, 11.03.2026.
O'qildi: 376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.