Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Real» Edegorni ortga qaytarmoqchi

«Real» Edegorni ortga qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Edegor Madridning «Real» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. «To‘pchilar» sardorining o‘yinida pasayish kuzatilayotgani va klub foyda ko‘rish maqsadida qimmatbaho o‘yinchilaridan birini sotishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar fonida, uning jamoadan ketishi borasidagi gap-so‘zlar tinmayapti.

Football Transfers nashrining xabariga ko‘ra, ilgari madridliklar safida to‘p surgan 27 yoshli futbolchini sotib olishga «Real» qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, «Arsenal»ga yaqin manbalar xavbek bilan xayrlashish borasidagi farazlarni rad etishmoqda. Edegorning o‘zi ham jamoadan ketish ishtiyoqida emas va kelajagini London klubi bilan bog‘lashga tayyor.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining narxi 60 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:10, 13.03.2026.
O'qildi: 2224 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик