Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Argentina va Ispaniya kelisha olishmayapti

Argentina va Ispaniya kelisha olishmayapti

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yaqinda matbuotda Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi Finalissimani Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida o‘tkazishga qaror qilingani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Dastlab jamoalar Qatarda o‘ynashi kerak edi, biroq u yerdagi harbiy harakatlar tufayli hozir ushbu mintaqada xavfsizlik kafolatlanmagan.

Argentina futbol assosiasiyasi Madridda o‘ynashdan bosh tortdi. Buning sababi tushunarli — bunda Ispaniya o‘z maydoni ustunligiga ega bo‘lar edi. Jurnalist Gaston Edulning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, KONMEBOL Argentina futbol assosiasiyasining ushbu rad javobini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yaqin vaqt ichida argentinaliklar Yevropadagi muqobil stadionlarni taklif qilishi kutilmoqda. Agar barcha tomonlar bir to‘xtamga kela olmasa, Finalissima qoldiriladi. Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 27 mart kuniga rejalashtirilgan edi.

Kiritildi: 21:29, 13.03.2026.
O'qildi: 1713 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик