Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Real" bosh murabbiyi: "Ertaga g‘alaba uchun eng kuchli tarkibni tushiramiz"

"Real" bosh murabbiyi: "Ertaga g‘alaba uchun eng kuchli tarkibni tushiramiz"

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar Ligasida "Manchester Siti"ga qarshi bo‘ladigan javob o‘yinini o‘ylab, La Liga doirasidagi "Elche" bilan bahsda futbolchilarga dam berish niyatida emas.

"Ertaga g‘alaba qozonish uchun iloji boricha eng kuchli tarkibni maydonga tushiramiz. Men boshqa hech narsa haqida o‘ylayotganim yo‘q. Futbolchilar har bir o‘yindan so‘ng maydonni bor kuchlarini berib tark etishlari kerak — bu ularning ishi. Ertaga ular xuddi chorshanba kuni bo‘lganidek jang qilishga tayyor bo‘lishlari shart. Mening ixtiyorimda faqat maydonga tushish uchun qo‘l ko‘taradigan va o‘ynashni istaydigan futbolchilar bor. Biz ertaga g‘alaba qozonishdan boshqa narsani o‘ylamayapmiz", — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

"Real" va "Elche" o‘rtasidagi uchrashuv 14 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 22:00, 13.03.2026.
O'qildi: 951 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик