Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Manchester Yunayted” Germaniya terma jamoasi himoyachisini sotib olmoqchi — manba

“Manchester Yunayted” Germaniya terma jamoasi himoyachisini sotib olmoqchi — manba

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” 2026 yil yozda “Leypsig” va Germaniya terma jamoasi chap qanot himoyachisi David Raumni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda TeamTalk nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, 27 yoshli futbolchining Angliya klubiga ehtimoliy transfer narxi 30 million funt sterlingni (34,8 million yevro) tashkil qilishi mumkin.

Joriy mavsumda Raum barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

David Raum Germaniya terma jamoasi safida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan va 7 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:12, 14.03.2026.
O'qildi: 902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик