Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel «Chelsi» — «Nyukasl» o‘yiniga tashrif buyurdi

Tuxel «Chelsi» — «Nyukasl» o‘yiniga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Shanba oqshomida Angliya Premyer-ligasi doirasida «Chelsi» va «Nyukasl» jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tmoqda. Stadionda Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel ko‘rinish berdi. Ko‘rinib turibdiki, germaniyalik mutaxassis milliy jamoaga nomzodlarni ko‘zdan kechirish uchun «Stemford Brij»ga tashrif buyurgan.

Mart oyida Angliya terma jamoasi Urugvay va Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi. Yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining guruh bosqichida esa «uch sherlar»ga Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 yillarda Tomas Tuxel «Chelsi» klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 23:21, 14.03.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик