Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler «Elche»ga qarshi uchrashuvda noyob gol muallifiga aylandi.
Turkiyalik futbolchi shanba kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tgan 28-tur bahsining 89-daqiqasida o‘z mahoratini ko‘rsatdi. 21 yoshli xavbek mehmonlar darvozasini maydonning o‘z jamoasiga tegishli qismidan turib ishg‘ol qildi. Jurnalist Fran Martinesning ta’kidlashicha, Gyuler qariyb 69 metr masofadan gol urgan – bu La Liga tarixidagi gol bilan yakunlangan eng uzoq masofali zarba bo‘lib rekord o‘rnatdi. Bungacha bo‘lgan rekord «Numansiya» futbolchisi Antonioga tegishli edi; u 2004 yilning noyabr oyida «Sevilya» darvozasini 67 metrdan ishg‘ol qilgandi.
«Real» «Elche» ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Arda Gyulerning goli uchrashuvdagi yakuniy natijani belgilab berdi.













