Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Farzod Zaripov: «Metallurg» qizil toifadan sariq toifaga o‘tdi. Keyingi maqsad — yashil hudud»

Farzod Zaripov: «Metallurg» qizil toifadan sariq toifaga o‘tdi. Keyingi maqsad — yashil hudud»

Baho:
+ | -

Avvalroq, xabar berganimizdek, "Metallurg"ning ikki nafar yarim himoyachisi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibiga jalb etildi. Bu qayta tashkil qilingan «Metallurg» faoliyatida muhim yangilik, oldinga tashlangan qadam bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu munosabat bilan «Metallurg» PFK sport direktori Farzod Zaripov fikrlarini bildirdi:

"Barchaga ma’lumki, 2026 yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasining Kongressi bo‘lib o‘tgan edi. Unda qator masalalar, jumladan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidentligiga navbatdagi saylov o‘tkazilgandi. Mazkur saylovda yagona nomzod bo‘lgan Bahodir Nizomovich Qurbonov navbatdagi 4 yillik muddatga saylangan edi.

Qayta saylangan Bahodir Qurbonov o‘z nutqi davomida ko‘plab klublarimiz terma jamoalarga futbolchi yetkazib bermayotganligini tanqid ostiga olgandi. Aynan terma jamoalarga turli klublardan futbolchilar yetishtirib berilishini ta’minlash 2026 yilning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini qayd etgandi. O‘FA prezidenti terma jamoalarga futbolchi yetkazib berish salohiyatidan kelib chiqib, endilikda klublar qizil, sariq va yashil toifalarga ajratilishi bo‘yicha fikrlarni ilgari surgandi.

Biz qayta tashkillashtirilgan «Metallurg» futbol klubi rahbariyati, jumladan, Bosh direktor Ulug‘bek Mirzayev hamda bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov bilan bu masalani o‘zimizga muhim vazifa sifatida belgilab oldik. Tarkibni shakllantirishda turli chiziqlarga tajribali futbolchilar bilan bir qatorda, yosh iqtidorli, yaqin kelajakda terma jamoalarga nomzod yigitlarni ham jalb qilishga urindik. Shu qatorda, «Paxtakor»dan hujumkor yarim himoyachi Saidumarxon Saidnurullayev, «Nasaf»dan esa tayanch yarim himoyachisi Javohir Ubaydullayev bilan shartnoma imzoladik.

Natijada, bugunga kelib O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga «Metallurg»dan ikki nafar futbolchi taklif qilindi. Buni hisobga olib ayta olamanki, biz qizil hududdan sariq hududga o‘tdik. Qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan bunday natija yomon emas, deb o‘ylayman.

Hech kimga sir emas, yangi mavsumda biz PRO-Ligada ishtirok etamiz. Jamoa oldiga ligada muvaffaqiyatli qatnashib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan. Klubdagi barcha ana shu maqsad yo‘lida mehnat qilmoqda. Shu bilan birga oldimizda turgan ichki vazifalardan tashqari, muntazam ravishda mamlakatimizning turli yoshdagi terma jamoalari va milliy terma jamoamizga ham futbolchilar yetkazib berishni niyat qilganmiz. Umid qilamanki, yaqin kelajakda bu boradagi ko‘rsatkichlarimiz yanada yaxshilanadi. Mana shu yo‘l bilan biz sariq hududdan yashil hududga o‘tamiz".

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 10:41, 19.03.2026.
O'qildi: 147 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.