Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Chelsi" Rosenyor o‘rniga murabbiylar ro‘yxatini shakllantirmoqda

"Chelsi" Rosenyor o‘rniga murabbiylar ro‘yxatini shakllantirmoqda

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi ustozi Liam Rosenyor o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda Britaniya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

«Aristokratlar» rahbariyati 41 yoshli britaniyalik mutaxassis o‘rniga bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. London top-klubining qisqa ro‘yxatidan («short-list») Sesk Fabregas («Komo»), Luis Enrike («PSJ») va yaqinda Braziliyaning «Flamengo» klubi bosh murabbiyligidan ketgan Filipe Luis joy olgan.

Rosenyor «Chelsi» boshqaruvini shu yilning yanvar oyida o‘z qo‘liga olgan edi. Murabbiyning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, jamoa Chempionlar ligasining 1/8 finalida musobaqa bilan xayrlashishdi, APLda esa ayni damda 6-o‘rinni egallab turishibdi.

Kiritildi: 16:21, 19.03.2026.
O'qildi: 1612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик