Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Viktor Osimxen jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi: «Galatasaroy» to‘purari «Liverpul» bilan o‘yinda og‘ir jarohat oldi

Viktor Osimxen jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi: «Galatasaroy» to‘purari «Liverpul» bilan o‘yinda og‘ir jarohat oldi

Baho:
+ | -

«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Chempionlar ligasi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan bahsda nigeriyalik futbolchining qo‘li singan.

Osimxenga jarrohlik aralashuvi zarurligi haqida taniqli jurnalist Yag‘iz Sabunjuog‘lu ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

2025/2026 yilgi mavsumda Osimxen jami 29 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 19 ta gol va yettita golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Ta’kidlash joizki, «Galatasaroy» ayni damda Turkiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Arslonlar» bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda, ta’qibchilari — «Fenerbaxche» va «Trabzonspor»dan to‘rt ochko oldinda bormoqdalar.

Kiritildi: 16:54, 19.03.2026.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик