Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"MYU" futbolchisi o‘ziga bo‘layotgan munosabatdan hafsalasi pir bo‘ldi

"MYU" futbolchisi o‘ziga bo‘layotgan munosabatdan hafsalasi pir bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Manuel Ugarte jamoadagi holatidan hafsalasi pir bo‘lgan.

Murabbiylar almashinuvi ham vaziyatni o‘zgartirmadi — urugvaylik futbolchi hamon kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. United Zone nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi norozi va o‘ziga yetarlicha baho berilmayapti, deb hisoblaydi. Agar munosib taklif tushsa, xavbek yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

Manuel Ugarte 2024 yilning yozida «PSJ»dan 50 mln yevro evaziga «Manchester Yunayted»ga o‘tgan edi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining hozirgi bahosi 30 mln yevroni tashkil etadi. APLning joriy mavsumida tayanch yarim himoyachisi 20 bor maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turolmadi.

Kiritildi: 18:53, 20.03.2026.
O'qildi: 1969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик