Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Fernandesh "Barselona" futbolchisi bilan birga mavsumning eng sermahsul yarim himoyachisi bo‘lib turibdi

Fernandesh "Barselona" futbolchisi bilan birga mavsumning eng sermahsul yarim himoyachisi bo‘lib turibdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh joriy mavsumda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi eng sermahsul yarim himoyachilar reytingida peshqadamlik qilmoqda.

Portugaliyalik futbolchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda jami 28 ta golda bevosita ishtirok etdi — uning hisobida 11 ta gol va 17 ta assist mavjud. The Touchline nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Fernandesh shu paytgacha reytingni boshqarib kelayotgan «Barselona» a’zosi Fermin Lopesga yetib oldi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchi ham 12 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Juma kuni Brunu Fernandesh Premyer-liga doirasida «Bornmut»ga qarshi kechgan safar o‘yinida (2:2) penaltini aniq ijro etdi. Ta’kidlash joizki, «qizil iblislar»ning 31 yoshli xavbegi bu mavsumda allaqachon olti bor 11 metrlik nuqtadan unumli foydalandi, Fermin esa barcha gollarini faqat o‘yin vaziyatidan kiritgan.

Kiritildi: 12:40, 21.03.2026.
O'qildi: 802 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик