Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Xulian Alvares Angliyaga qaytishi mumkin

Xulian Alvares Angliyaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Arsenal» va «Chelsi» skautlari Chempionlar ligasi doirasidagi «Atletiko» va «Tottenxem» uchrashuviga tashrif buyurib, argentinalik futbolchining o‘yinini bevosita kuzatishgan. Ushbu bahs «Tottenxem»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa-da, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Ispaniya jamoasi keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Manbaning ta’kidlashicha, Alvares allaqachon «Atletiko» rahbariyatiga transferga tayyorligini ma’lum qilgan, biroq u ko‘proq «Barselona»ga o‘tishni istamoqda. Eslatib o‘tamiz, hujumchi avvalroq Angliyada «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan edi.

Kiritildi: 14:29, 21.03.2026.
O'qildi: 2582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик