Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Luka Modrich “Oltin to‘p”ini “Milan” muzeyiga sovg‘a qildi (video)

Luka Modrich “Oltin to‘p”ini “Milan” muzeyiga sovg‘a qildi (video)

Baho:
+ | -

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich 2018 yilda qo‘lga kiritgan “Oltin to‘p” sovrinini “Milan” va uning muxlislari uchun klub muzeyiga topshirdi. Ushbu nufuzli mukofot endilikda Casa milan qarorgohida joylashgan Mondo Milan muzeyidan joy oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugundan boshlab Mondo Milan muzeyi o‘ziga xos eksponat – Luka Modrichning ‘Oltin to‘p’ sovrinini qabul qildi. Klub yulduzining ushbu sovg‘asi muxlislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sovrin uning ajoyib faoliyati haqida hikoya qiluvchi iqtiboslar va suratlar bilan bezatilgan maxsus vitrinaga joylashtiriladi. Bu Luka va jamoa o‘rtasidagi yaqin rishtalarning ramzi bo‘lib, ushbu bog‘liqlik u o‘tgan yozda Italiyaga kelishidan ancha oldin boshlangan. Bizning 14-raqamli futbolchimiz bolaligidanoq ‘rossoneri’ga mehr qo‘ygan”, deyila klub xabarida.

41 yoshli Modrich futboldagi eng oliy shaxsiy mukofotni “Milan” muxlislari ko‘rishi uchun taqdim etishga qaror qildi. U “Oltin to‘p”ni 2018 yilda qo‘lga kiritgan edi. O‘sha yili u “Real Madrid” bilan ketma-ket uchinchi bor UEFA Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan va Xorvatiya terma jamoasi bilan Jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan holda, ushbu sharafga loyiq ko‘rilgan ilk xorvatiyalik futbolchiga aylangan edi.

“Ushbu libosni kiygan ilk kunimdanoq buni orzuning ushalishi deb bildim. So‘nggi oylar davomida meni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirish maqsadida shaxsiy sovrinimni ular bilan baham ko‘rishga qaror qildim. Forza, Milan”, deydi Modrich.

Qayd etilishicha, Italiyaning eng ko‘p tashrif buyuriladigan futbol muzeyiga keluvchilar har kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar Modrichning “Oltin to‘p”ini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Modrich joriy mavsum “Milan” tarkibida 31 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali yarim himoyachining qiymatini 4 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:02, 21.03.2026.
O'qildi: 2259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик