«Barselona» La Liga doirasida o‘z maydonidagi g‘alabali seriyasi bo‘yicha rekordni takrorladi.
Ispaniya chempionatining 29-turida Xans-Diter Flik boshchiligidagi kataloniyaliklar o‘z uylarida «Rayo Valyekano»ni mag‘lub etishdi (1:0). Shu tariqa, jamoaning La Ligadagi uy uchrashuvlarida qayd etgan g‘alabali seriyasi 15 ta o‘yinga yetdi.
Germaniyalik mutaxassis «Barselona»ning XXI asrdagi murabbiylari orasida Pep Gvardiola tomonidan 2010/11 yilgi mavsumda o‘rnatilgan rekordni takrorlashga muvaffaq bo‘ldi.













