Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Valverde diskvalifikasiya qilindi

Valverde diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde «Atletiko»ga qarshi bahsda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

Urugvaylik futbolchi yakshanba kungi derbining 77-daqiqasida Aleks Baenaga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi. Cope nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi La Liganing ikkita o‘yiniga diskvalifikasiya qilinadi. Yarim himoyachi jamoasiga 4 va 10 aprel kunlari mos ravishda «Malyorka» hamda «Jirona»ga qarshi kechadigan bahslarda yordam bera olmaydi. Ushbu o‘yinlar oralig‘ida (7 aprel kuni) «qaymoqranglilar» Chempionlar Ligasi doirasida «Bavariya»ga qarshi maydonga tushishadi.

«Real» «Atletiko»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Federiko Valverde 55-daqiqada «matraschilar» darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Kiritildi: 12:39, 23.03.2026.
O'qildi: 2993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик