Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Angliya Superkubogi konsert sabab «Uembli»da o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Angliya Superkubogi konsert sabab «Uembli»da o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Angliya futbolining yangi mavsumi an’anaviy tarzda boshlanadigan Community Shield (Superkubok) bahsi kutilmagan manzilda bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. Angliya futbol assosiasiyasi (FA) milliy stadion hisoblangan afsonaviy «Uembli» o‘rniga boshqa arenani tanlashga majbur bo‘ldi.

Bu safar futbol yulduzlariga mashhur kanadalik xonanda The Weeknd «xalaqit» berdi. Gap shundaki, 15-16 avgust kunlari «Uembli» stadionida xonandaning konserti rejalashtirilgan. Shu sababli APL chempioni va Angliya Kubogi sohibi o‘rtasidagi to‘qnashuv London tashqarisiga ko‘chirildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final bahsi Uels poytaxtidagi mashhur «Millenium» stadionida o‘tkaziladi. 74 500 tomoshabinga mo‘ljallangan ushbu muhtasham arena muxlislar uchun begona emas.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Superkubogi oxirgi marta 2022 yilda «Uembli»dan tashqarida o‘tkazilgan edi. O‘shanda ayollar o‘rtasidagi Yevropa chempionati finali sababli bahs Lesterdagi «King Pauer Stedium»ga ko‘chirilgandi. Oradan to‘rt yil o‘tib, «Uembli» yana futbol uchun band bo‘lib chiqdi.

Kiritildi: 22:23, 23.03.2026.
O'qildi: 1213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик