Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Valverdening qizil kartochkasi bo‘yicha hukm chiqarildi

Valverdening qizil kartochkasi bo‘yicha hukm chiqarildi

Baho:
+2 | -

Madrid derbisidan keyingi ehtiroslar tingani yo‘q. Ispaniya Hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) «Real» va «Atletiko» (3:2) o‘rtasidagi bahsda yuz bergan bahsli vaziyat — Federiko Valverdening maydondan chetlatilishi yuzasidan o‘z xulosasini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 77-daqiqasida urugvaylik yarim himoyachi raqibi Aleks Baenaning oyog‘iga orqadan zarba bergan va bosh hakam Xose Munuera Montero tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolangan edi. O‘shanda VAR vaziyatga aralashmagandi.

Mashhur El Chiringuito ko‘rsatuvida jurnalist Xuanfe Sans Peresning ta’kidlashicha, hakamlar qo‘mitasi Monteroni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan. Qo‘mita fikricha, Valverdening harakati o‘yin qoidasini qo‘pol ravishda buzish deb baholangan va jazo to‘g‘ri tayinlangan. Bu boradagi rasmiy bayonot seshanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Agar «Real Madrid» tomonidan berilgan apellyasiya rad etilsa (bu ehtimol juda yuqori), Fede Valverde La Liganing kamida 2 ta o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Kiritildi: 22:26, 23.03.2026.
O'qildi: 23401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик