OAVda Krishtianu Ronalduning o‘g‘li — Krishtianu Ronaldu-kichikning shaxsiy hayoti haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Xorijiy manbalarga ko‘ra, 15 yoshli futbolchi 27 yoshli braziliyalik model bilan munosabatda bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda turli insayder manbalar xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, ular Dubaydagi restoranlardan birida tanishgan bo‘lishi mumkin. Tvitterdagi manbalarga ko‘ra, aynan yosh futbolchi tanishuvda tashabbus ko‘rsatgan va shundan so‘ng ular o‘rtasida muloqot boshlangan.
Shu bilan birga, mazkur ma’lumotlar rasmiy tasdiqlanmaganini ta’kidlash joiz.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu-kichik Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi U-17 jamoasida to‘p suradi, shuningdek, Portugaliya o‘smirlar terma jamoasiga ham jalb etilgan. U milliy jamoa safida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.













