Milanning «Inter» klubi «Barselona» qanot himoyachisi Jerar Martinni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Inter» Martinni Alessandro Bastoni bo‘yicha amalga oshiriladigan kelishuvga kiritishni talab qilishi mumkin. Biroq «Barselona» futbolchini qo‘yib yuborishni yoki uni almashinuv shartiga qo‘shishni istamayapti. Qayd etilishicha, «ko‘k-anorranglilar» «Inter»ga almashinuv uchun boshqa futbolchilarni taklif qilishlari mumkin.
Jerar Martin 2024 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda jami 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Martinning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.













