Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius Junior: "Neymar - mening eng katta kumirlarimdan biri"

Vinisius Junior: "Neymar - mening eng katta kumirlarimdan biri"

Baho:
+ | -

«Real Madrid» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior «Santos» forvardi Neymar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Neymar — mening eng katta kumirlarimdan biri! U yuz foiz tayyor holatga qaytish va Braziliya terma jamoasi safiga qaytish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Qaror qabul qilish murabbiyning ixtiyorida, ammo biz har doim eng zo‘rlar bilan birga o‘ynashni istaymiz va Neymar — ana shundaylardan biri», — deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

Joriy mavsumda Neymar «Santos» safida beshta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yil 31 dekabrgacha mo‘ljallangan. Hujumchi Braziliya terma jamoasi safida jami 128 ta o‘yinda ishtirok etib, 79 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 20:59, 25.03.2026.
O'qildi: 177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик