Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter»ning Bastonini qo‘yib yuborish sharti ma’lum bo‘ldi

«Inter»ning Bastonini qo‘yib yuborish sharti ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» uchun «Inter» markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni transferini amalga oshirish oson bo‘lmaydi.

Jurnalist Fabrisio Byazinning xabar berishicha, «neradzurrilar» o‘z asosiy o‘yinchisini yo‘qotishni istamayapti, shu sababli uni sotish imkoniyatini faqat futbolchining o‘zi klubdan ketishni so‘ragan taqdirdagina ko‘rib chiqadi. Bundan tashqari, «Barselona» milanliklarni ko‘ndirish uchun «saxiy» taklif tayyorlashiga to‘g‘ri keladi.

Transfermarkt saytida Alessandro Bastonining taxminiy bahosi 70 million yevroni tashkil etadi. 26 yoshli futbolchining A Seriya grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan, biroq yaqin orada u yana uzaytirilishi mumkin.

Kiritildi: 12:25, 26.03.2026.
O'qildi: 457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик