Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Pato Anchelotti va Neymarning terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

Pato Anchelotti va Neymarning terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Milan» va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Aleshandre Pato milliy terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«U yulduzlarni boshqarishni biladi. U shunchaki murabbiydan ko‘proq narsa. Braziliya uchun u eng munosib inson», — deya Patoning so‘zlarini keltirmoqda The Athletic.

Shuningdek, ekspert Neymarning terma jamoaga chaqirilishi to‘liq murabbiyga bog‘liq emasligini ta’kidladi. Patoning fikricha, «Santos» hujumchisi Jahon chempionatiga borishi kerakligini o‘z o‘yini bilan isbotlashi lozim.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak yozgi mundialning guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan to‘qnash keladi. Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 22:27, 27.03.2026.
O'qildi: 1047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик