Myunxenning «Bavariya» klubi boshqaruv kengashi a’zosi Uli Xyoness 2025/2026 yilgi mavsum UYEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi bo‘ladigan bo‘lajak to‘qnashuv haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Bavariya" — "Real" juftligida imkoniyatlar qanday? 50 ga 50. Madrid klubi Chempionlar Ligasining muhim o‘yinlarida o‘zini juda yaxshi ko‘rsata oladi. Jamoamizda bunday ajoyib chorak final bo‘lmaganiga ham ancha bo‘lgan edi", — deya Xyonessning so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlardagi iMiaSanMia akkaunti keltirmoqda.
To‘qnashuvning dastlabki uchrashuvi 7 aprel kuni Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi. Javob bahsi esa 15 aprel kuni Myunxendagi «Alyans Arena»da o‘tkaziladi.













